Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: LI Международной научно-практической конференции «Вопросы технических и физико-математических наук в свете современных исследований» (Россия, г. Новосибирск, 25 мая 2022 г.)

Наука: Технические науки

Секция: Безопасность жизнедеятельности человека, промышленная безопасность, охрана труда и экология

Скачать книгу(-и): Сборник статей конференции

Библиографическое описание:
Murtazayev K.M. EPOKSID SMOLASI ASOSIDAGI E-44-1 MARKALI YONG‘INDAN HIMOYALOVCHI QAVARIQLANADIGAN POLIMER KOMPOZIT QOPLAMANI TUTUN HOSIL QILISH XUSUSIYATLARNI TADQIQ ETISH. // Вопросы технических и физико-математических наук в свете современных исследований: сб. ст. по матер. LI междунар. науч.-практ. конф. № 5(43). – Новосибирск: СибАК, 2022. – С. 137-141.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

EPOKSID SMOLASI ASOSIDAGI E-44-1 MARKALI YONG‘INDAN HIMOYALOVCHI QAVARIQLANADIGAN POLIMER KOMPOZIT QOPLAMANI TUTUN HOSIL QILISH XUSUSIYATLARNI TADQIQ ETISH.

Murtazayev Kuvondik Mustafayevich

Doktoranti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi,

O‘zbekiston Respublikasi, Tashkent

Epoksid smolasi asosidagi polimer kompozit materiallarning haroratga barqarorligi, alangalanishi, kislorod indeksi va tutun hosil qilish xususiyatlariga mineral to‘ldiruvchilar, qavariqlanuvchi kimyoviy qo‘shimchalar, antipirenlar hamda boshqa kimyoviy moddalarning hosila tarkiblari va kimyoviy tabiatining ta’siri tajriba sinov jarayonlarda o‘rganildi.

Tajriba sinov ishlarida olingan namunalar asosida tutun hosil qilish koeffitsientini eksperimental tarzda aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi: harorat, 14,2oC; atmosfera bosimi, 97,7 kPa. O‘lchov vositalarining xususiyatlari: “Tutun hosil qilish koeffitsientini aniqlash” GOST 12.1.044-2018 [1, 2]ga muvofiq olib borildi.

Taklif etilayotgan epoksid smolasi asosidagi yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozitli qoplamalarni tutin hosil qilish xossasiga tarkibida fosfor saqlagan kimyoviy moddalar ijobiy ta’sir etish tadqiqotlar jarayonida aniqlandi. Unga ko‘ra tarkibida fosfor saqlagan moddalarni turli nisbatlari o‘rganilib fosforli moddani miqdorini oshib borishi tutin hosil qilish xususiyatini kamaytirishi tadqiq etildi [3].

 

1-rasm. Epoksid asosidagi yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozitlarni tutun hosil qilish koeffitsientini tajriba sinov jarayonlari

 

Epoksid smolasi asosidagi E-44-1 markali yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozit qoplamalarni tutun hosil qilish koeffitsientiga polimer bog‘lovchilar, qavariqlanuvchi kimyoviy qo‘shimchalar hamda taklif etilayotgan yangi turdagi antipirenlarni nisbatlariga bog‘liqligi o‘rganildi [4, 5].

Epoksid smolasi asosidagi E-44-1 markali yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozit qoplamasi tarkibiga qavariq hosil qiluvchi kimyoviy moddalardan pentaeritrit: urotropin (1:0,5), melamin: karbomid (1:1,5), ammoniy sulfat: ammofos (1:1) hamda qavariqlangan grafit: karbomid (1:1,5) larni yuqoridagi nisbatlarda olinib har xil foiz miqdorda polimer kompozitga qo‘shilib tutun hosil qilishi tadqiq etildi. Natijalarni 2-rasmda keltirilgan ma’lumotlar orqali tahlil qilinganda pentaeritrit: urotropin (1:0,5) taklif etilgan nisbatlari boshqa tarkiblarga qaraganda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.

 

2-rasm. Polimer kompozit tarkibida qavariq hosil qiluvchi kimyoviy moddalardan (1) pentaeritrit: urotropin (1:0,5), (2) melamin: karbomid (1:1,5), (3) ammoniy sulfat: ammofos (1:1) hamda (4) qavariqlangan grafit: karbomid (1:1,5) larni tutun hosil qilishga ta’siri

 

Ushbu natijalarda polimer kompozitni tutun hosil qilishida yaxshi samara bergan pentaeritrit: urotropin aralashmasini turli nisbatlari ham tahlil qilinib ilmiy xulosalar keltirildi. Shunday qilib pentaeritrit: urotropinni (1:0,5; 1:1 va 0,5:1) nisbatlari o‘rganildi (3-rasm.)

 

3-rasm. Polimer kompozit tarkibida qavariq hosil qiluvchi kimyoviy modda pentaeritrit: urotropinni turli nisbatlarni 1-(1:0,5), 2- (1:1), 3- (0,5:1) tutun hosil qilishga ta’siri

 

Shunday qilib taklif etilgan epoksid smolasi asosidagi E-44-1 markali yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozit qoplamasi tarkibiga qo‘shilgan qavariq hosil qiluvchi qo‘shimchalar pentaeritrit va urotropinni 1:0,5 nisbatlari analoglarga qaraganda yaxshi natija berishi E-44-1 markali polimer tarkibida umumiy massaga nisbatan taxminan 28% ni tashkil etishi tadqiqotlar davomida aniqlandi.

Keyingi tajriba sinov ishlarda E-44-1 markali polimer kompozit tarkibida antipiren aralashmalarning miqdori o‘rganildi. Unga ko‘ra ARM-1, ARM-2, ARM-3, ARM-4, ARM-5 va piriloks markali antipirenni turli nisbatlardagi massa ulushlarni polimer kompozitni tutun hosil qilish xususiyatiga ta’siri aniqlandi (4-rasm).

 

4-rasm. Polimer kompozit tarkibidagi (1)-ARM-5, (2)-ARM-1, (3)-piriloks, (4)-ARM-2, (5)-ARM-3 va (6)-ARM-4 markali antipirenlar miqdorini tutun hosil qilish xususiyatiga ta’siri

 

Ushbu 4-rasmda keltirilgan turli markadagi yangi taklif etilayotgan antipirenlar hamda chet eldan keltirilgan analog antipirenlarni turli miqdordagi nisbatlari o‘rganilib ARM-5 markali antipiren nisbatan yaxshiligi aniqlandi. Ya’ni epoksid smolasi asosidagi E-44-1 markali polimer kompozitni tutun hosil qilish koeffitsienti 40% antipiren qo‘shilganda 425 m2/kg dan 326 m2/kg gacha kamayganligini ko‘rish mumkin. Ammo polimer qoplamani adgeziyasi 1 dan 2 ballga tushishi aniqlandi. Shuning uchun taklif qilinayotgan E-44-1 markali polimer kompozit tarkibida ARM-5 markali antipiren nisbati 30% dan oshmasligi talab etildi. 30% miqdordagi antipiren qo‘shilganda tutun hosil qilish koeffitsienti 330 m2/kg teng, adgeziyasi esa 1 ballni tashkil etadi.

Epoksid smolasi asosidagi E-44-1 markali polimer kompozitni tarkibi quyidagicha nisbatlarda olinishi samarador ekanligi aniqlandi.

Polimer bog‘lovchi:

epoksid smolasi                                                                                         28

polisulfid kauchuk                                                                                    10

rux oksidi                                                                                                  1

qotiruvchi                                                                                                 3

Qavariqlanuvchi qo‘shimcha:

pentaeritrit                                                                                                20

urotropin                                                                                                   8

Antipiren: ARM-5

metall saqlagan addukt                                                                              30

Shunday qilib taklif etilgan epoksid smolasi asosidagi E-44-1 markali yong‘indan himoyalovchi qavariqlanadigan polimer kompozit qoplamasi tarkibiga qo‘shilgan qavariq hosil qiluvchi qo‘shimchalar pentaeritrit va urotropinni 1:0,5 nisbatlari analoglarga qaraganda yaxshi natija berishi E-44-1 markali polimer tarkibida umumiy massaga nisbatan taxminan 28% ni tashkil etishi tadqiqotlar davomida aniqlandi.

 

Adabiyotlar:

  1. Муртазаев К.М., Мухиддинов Д.Н. Определение коэффициента вспучивания и вспученного слоя огнезащитных покрытий для противопожарной защиты металлических конструкций. Научный вестник НамГУ 2020 г. №5. С. 30-34.
  2. ГОСТ 12.1.044-2018 Единая система защиты от коррозии и старения покрытия лакокрасочные. Общие требования и методы ускоренных испытаний на стойкость к воздействию климатических факторов. Издание официальное Москва Стандартинформ 2018 г. С. 122.
  3. Murtazayev Q.M., Muxiddinov J.N., Nurkulov F.N., Jalilov A.T. Fosfor, azot, metall tutgan epoksid smola bog‘lovchi asosidagi yong‘inbardosh qavariqlanuvchi qoplamaning metallni yong‘indan himoyalash xossalarini tadqiq etish. Фан ва технологиялар тараққиёти илмий – техникавий журнал. Бухоро муҳандислик-технология институти 2021 №5 30-35 бет.
  4. Муртазаев К.М., Мухиддинов Д.Н., Нуркулов Ф.Н. Исследование физико-химических свойств полифункциональных вспучивающихся огнезащитных покрытий на основе эпоксидной смолы. «Пожаро-взрывобезопасность» научно-практический электронный журнал 2021 №2 (7) С. 25-30.
  5. Murtazayev Q.M., Muxiddinov J.N, Nurkulov F.N, Jalilov A.T, Vohidov E.A. Fosfor, azot, metall tutgan epoksid smola bog’lovchi asosidagi yong’inbardosh qavariqlanuvchi qoplamaning termik tahlili. НамДУ илмий ахборотномаси - 2021 йил 10-сон. 81-85 б.
Проголосовать за статью
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.