Поздравляем с Новым Годом!
   
Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: Научного журнала «Студенческий» № 21(191)

Рубрика журнала: Медицина

Скачать книгу(-и): скачать журнал часть 1, скачать журнал часть 2, скачать журнал часть 3, скачать журнал часть 4, скачать журнал часть 5, скачать журнал часть 6, скачать журнал часть 7, скачать журнал часть 8, скачать журнал часть 9

Библиографическое описание:
Abdullayeva D.T. KOSMETIK MASSAJ VA UNI TO’G’RI BAJARISH QOIDALARI // Студенческий: электрон. научн. журн. 2022. № 21(191). URL: https://sibac.info/journal/student/191/257599 (дата обращения: 27.12.2024).

KOSMETIK MASSAJ VA UNI TO’G’RI BAJARISH QOIDALARI

Abdullayeva Dilshoda To’yboy qizi

talaba, Chiroy estetikasi yo’nalishi, Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti,

O’zbekiston, Toshkent sh.

ANNOTATSIYA

Zamonaviy kosmetologiyada yuz, bo’yin, dekolte, qo’l va boshning massaji juda ko’p qo’llanadi. Bu sog’lom, elastik terini saqalashga yordam beradi, ajinlar erta shakllanishin, teri va mushaklar bo’shashining oldini oladi. Massaj ta’siri ostida teri tozalanadi, qon tomirlar kengayadi, terlash ko’payadi, yog’ bezlari faoliyati normallashadi, to’qimalar va mushaklar yanada elastik bo’ladi.

 

Kalit so’zlar: Massaj, silash, ishqalash, uqalash, urish, vibratsiya.

 

Massaj qanday qilinadi?

1 – Harakat – silash

Eng ko’p ishlatiladigan harakatlardan biri.

Samarasi: qaon aylanishini va limfa oqimini yaxshilaydi; mushaklarni kuchaytiradi; nerv tugunlariga ta’sir qiladi

2 – harakat -  ishqalash

Silashdan ko’ra kuchliroq.

Samarasi: qon tomirlarining kengayishiga sabab bo’ladi; yanada baquvvat refleks ta’siriga ega; kichik joylarning rezorbsiyasiga yordam beradi.

3 – harakat – uqalash

U chuqurroq ishlaydi.

Samarasi: qon va limfa tomirlariga nasos va assimilyatsiya ta’siriga ega; qon, limfa va to’qimalar suyuqligini aylanishini yaxshilaydi; bu esa to’qimalar trofizminining yaxshilanishiga olib keladi

4 - harakat – urish

Barmoqlar yoki barmoq uchlari tomonidan berilgan bir qator silkinish zarbalaridan iborat.

Samarasi: chuqur qon tomirlar kengayadi; to’qimalar qiziydi; urish asab tizizmiga faol ta’sir ko’rsatadi; mushak tonusi oshadi.

5 – harakat – vibratsiya

Kuchli bezovtalik xissini beradi. Cheklangan sohada qo’llar tez tebranish bilan harakatlantiriladi.  Yoki butun massaj yuzasida harakatlantiriladi.

Massaj paytida asosiy harakatlar birlashtirilib, ma’lum bir ketma-ketlikda amalga oshiriladi! Massajni bajarishda eng yaxshi ta’sirga erishish uchun massaj qoidalariga rioya qilish kerak!

Massaj qoidalar:

Massajni yumshoq va silliq harakatar bilan boshlash kerak, keyin asta-sekin kuchayib, yana yumshoq va muloyimlik bilan tugatish kerak.

Qo’l harakati ma’lum bir hisoblash uchun to’g’ri va ritmik bo’lishi kerak. Massaj harakatlari terini siljitmasligi va cho’zmasligi kerak.

Massaj kuchi va intensivligi mijoz yuzining turi, Yoshi, teri va mushaklari hisobga olgan holda belgilanadi.

Yuzni massaj qilish mijozda faqat yoqimli his-tuyg’ularni keltirib chiqarishi kerak!

Massaj paytida mijoz gaplashmasligi, uning yuzi mushaklari bo’shashishi kerak. Massajdan so’ng darxol sovuq mavsumda ko’chaga chiqish taqiqlanadi.

Massaj teri holatini hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Yog’li teri. Mexanik tozlashdan so’ng massaj faqat ertasi kuni belgilanishi mumkin (agar qizrish bo’lmasa). Kosmetik maxsulot bilan dezinkrustatsiya, brashin yoki pilingdan so’ng, prosedura ohirida massaj qilsih mumkin.

Quruq va normal teri. Massajdan oldin dastlabki bug’lanish bilan yengil piling fermenti bilan tozlash kifoya.

Kombinatsiyalangan teri. O’z hududlari holatiga mos ravishda parvarish qilish talab qiladi.

Massaj texnikasi qoidalari

  • Massajni yumshoq va muloyimlik bilan boshlab, keyin asta sekin kuchayib, ohiri yana muloyimlik bilan tugatiladi.
  • Massaj paytida individual texnikani qo’llash chastotasi bir xil emas. Ba’zi texnikalar 4-5 martagacha, boshqalari esa kamroq takrorlanadi. Zarur bo’lsa, texnika kuchini ham oshirish mumkin.
  • Massaj kuchli ravishda boshlanmaydi va uni birdan uzib qo’yish mumkin emas.
  • Kosmetik massajning davomiyligi 15 daqiqa, ko’proq energiyali plastic massaj – 10 daqiqa.
  • Yuqori qon bosimi bilan massaj 15 daqiqa, past qon bosimi bilan – 10 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Bunday hollarda uzoqroq massaj qilish bosh aylanishi va ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.

Kosmetik massajga ko’rsatmalar:

  • Terining qarishi;
  • Past turgor;
  • Quruq va yog’li teri;
  • Shishish;
  • Yoshga bog’liq o’zgarishlarning oldini olish (25-30 yoshdan boshlab).

Qarshi ko’rsatmalar:

  • Ekzema;
  • O’tkir rozasea;
  • Gerpes;
  • Pustulyar va yallig’lanishli teri lezyonlari;
  • Yuqumli molyuska ( virusli infeksion chechak guruhi viruslaridan biri ko’zg’atuvchi);
  • Yassi so’gallar;
  • Girsutizm (ayollarda soch o’sishi);
  • Yuzdagi yoriqlar va ishqalanishlar;
  • Yuz nervining o’tkir yalliglanishi;
  • 3-darajali gipertenziv kasallik.

Chiroyli yuz nafaqat sog’lom teri, balki mushaklar, tomirlar, nervlar, shuningdek, suyak karkasi hamdir. Ularni esa bevosita massaj yordamida sog’lomlashtirish mumkin. Biz sizga hamisha sog’lom va go’zal bo’lishingizni tilab qolamiz.

 

Adabiyotlar ro'yxati:

  1. Professional massaj atlasi. 2003. 100-bet
  2. Fokin V. N. to’liq massaj kursi. 2004. 72-74 betlar
  3. Internet ma’lumot: https://uz.drunkentengu.com/hiromassaj-litsa-146c48

Оставить комментарий