Статья опубликована в рамках: Научного журнала «Студенческий» № 42(212)
Рубрика журнала: Медицина
Скачать книгу(-и): скачать журнал часть 1, скачать журнал часть 2, скачать журнал часть 3, скачать журнал часть 4, скачать журнал часть 5, скачать журнал часть 6, скачать журнал часть 7
GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TAFAKKURINING SHAKLLANISHIDA TIBBIY GENEALOGIYA METODINING O’RNI
ANNATATSIYA
“Genealogiya” grekcha so’z bo’lib, “genios”-“shajara” degan ma’noni bildiradi. U tarixiy fanlar qatoriga kirib, tarixiy shaxslar, ularning urug’lari, familiyalari, qarindoshlik aloqalarini va odam paydo bo’lishi bilan ya’ni antik davrda paydo bo’lgan va hozirgacha davom etib kelayotgan jarayonlarni o’rganadi. Inson ongli bo’lib tug’ilmaydi. Uning ishtimoiy fazilatlari, ya’ni ongi, oila, jamiyat ta’siri tufayli shakllanadi. Yoshlarning o’ziga xos onggi ham shunday shakllanadi. Uning shakllanishida shajaraning o’ziga xos ahamiyati bor. Shajara – bu oila a’zolari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi sxema.
Kalit so'zlar: Genealogiya, shajara, globallashuv, tibbiyot genetikasi, klinik usul.
Mavzuning dolzarbligi har bir millatning o’z ona zaminidan, avlod ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy va ma’naviy merosidan, o’z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissalaridan, o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan faxrlanish hissi mavjud. Buning natijasida yoshlarda o’z millatiga mehr-muhabbat hissi ortib boradi. Vatanimizda yoshlarimizning milliy g’ururini ko’tarish, boyitish va mustahkamlash globallashuv jarayonidagi eng dolzarb, murakkab va bajarilishi zarur vazifalardan biri bu o’tmish ajdodlari kim ekanligini o’rgatishdan iborat.
Mavzuning vazifasi va maqsadiga to’xtaladigan bo’lsak globallashuv jarayonidagi ta'lim va tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat bo’lib o’sib kеlayotgan yoshlarni ma'naviy, axloqiy tarbiyalashda ajdodlarni yodda saqlash, oila udumlarini hurmat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada oila shajarasi oilani mustahkamlashda, qolavеrsa davlatni mustahkamlashda muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ajdod va avlodlar orasidagi bog’lanishlarni saqlash, hurmat qilish va uning bir a'zosi sifatida his etish juda muhimdir. Ma'lumki, oila shajarasini tuzish bizning millatimizda kеng tarqalgan bo’lib, lеkin Oktyabr inqilobidan so’ng kommunistik mafkura natijasida bunday tadbirlar yo’qolib kеtgan. Shuning natijasida Sobiq SSSR davrida tug’ilgan avlodlar o’z ajdodlarini yaxshi bilmasdan o’sganlar. Ba'zan shunday holatlarga duch kеldikki, insonlar o’z ajdodlaridan ko’ra uyidagi hayvonlarning kеlib chiqishini yaxshiroq bildilar. Mustaqilligimiz yanada o’zligimizni anglashga, urf - odatlarimizni yangidan tiklashda, o’zbеk millatini juda boy bo’lgan ham ma'naviy ham moddiy mе'rosga ega ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun davlatimiz juda katta mablag’larni sarf qilgan holda buyuk ajdodlarimiz xotirasini tiklashga va ularni yuksaltirishga qaratmoqda.
Tibbiyot genetikasida bu usul klinik – genealogik usul hisoblanadi. Usulning mohiyati shajara bog’liqliklarini aniqlash va yaqin va uzoq qarindoshlar o’rtasida patalogik belgilarni kuzatilishini ko’rishdan iborat. Uning yordamida o’rganiladigan belgining nasliy berilish shartlari va uning irsiylanish tipini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda shifokorlar, tibbiy – genetik konsultatsiya o’tkazuvchilar bolalarda irsiy kasalliklardan qutulish uchun ota – onalardan o’z shajarasini o’rganishi va uni tahlil qilishni bilishi kerak deb hisoblaydilar. Klinik – genealogik usulning qo’llanilishi shajaraning hamma a’zolarini tekshirish orqali kasallikning yashirin va atipik belgilarini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Shajaraning hamma a’zolarini tekshirishning iloji bo’lmaganda yoki oila probandi (proband – tekshiriluvchi bemor) kasalligi haqida ma’lumot yig’ish imkoni bo’lmaganda boshqa usullardan foydalaniladi. Masalan: so’rash usuli yoki anketa to’ldirish orqali.
Anamnestik ma’lumotlar yig’ish aniq sxema bo’yicha amalga oshiriladi:
- Proband (tekshiriluvchi bemor) haqida ma’lumotlar – irsiy kasalliklari bor – yo’qligi.
- Sibslar (aka – uka va opa – singillar) haqida ma’lumotlar – Yoshi, sog’lom yoki kasalligi.
- Ona tomonidan qarindoshlari (ota–onasi, ularning bolalari, nabiralari) haqida ma’lumotlar.
- Ota tarafidan qarindoshlar (ota–onalari, bolalari, nabiralari) haqida ma’lumotlar.
Olingan ma’lumotlar tibbiy – genetik kartaga yoziladi. Probandning qancha ko’p qarindoshlari so’roq qilinsa yoki tekshirilsa shuncha aniq va ishonarli ma’lumotlar olish mumkin, ya’ni oilada irsiy kasallik yashirin emasmi yoki noto’g’ri tashxis qo’yilganmi? degan savollarga genealogiya ya’ni shajara tuzish fani orqali javob olish mumkin. Agarda yoshlarimiz o’zlarining bo’sh vaqtlarini oilaviy shajarasini tuzish uchun sarflasalar nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Buning natijasida ular juda ko’plab ijobiy natijalarga erishishlari mumkin.
Shajara tuzish shubhasiz aynan globallashuv jarayonida yoshlarimiz uchun ham qiziqarli bo’lib, shu yo’l orqali ba’zi belgilarning irsiylanishi, qandaydir moyillik borligini aniqlashga imkon beradi. Shajara tuzishning yana boshqa ko’plab ahamiyatlari mavjud. O’sib kelayotgan yoshlarni ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasi har qaysi davrda ajdodlar o’gitlari, oilaviy an’analarini hurmat qilish, qadimgi xotiralarni saqlash asosida olib boriladi. S.A.Sapojnikov “Genealogiya, ya’ni shajara– bu oilani mustahkamlash uchun muhim vosita hisoblanadi va u davlatning muammosi– odamlarga avlodlar zanjirini qadriga yetishni o’rgatish, ya’ni ular o’zlarini zanjirning bitta a’zosi ekanliklarini his etsinlar” degan edi.
Avlodlari haqida qayg’urgan har bir inson uchun, yangi hayot bag’ishlash – buyuk javobgarlikdir!
Adabiyotlar ro'yxati:
- I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent:Ma’naviyat 2008.
- I.A.Karimov “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” Toshkent: “O‘qituvchi”-2012
- I.A.Karimov “Ta’rixiy xotirasiz kelajak yo’q” T:O’zbekiston 1997
- Barashnev Yu.I. “Irsiylik va sog’lik”. — М: Znaniye, 1976.
- V.N.Rixlyakov 20 –asr materiallarini geneakogik qidirishning xususiyatlari xaqida. Rus genealogik jamiyati 9 – son 1998-y. 12 – 23
- M.B.Petrichenko. Коmpyuter genealogik tekshiruvlarda. М.2004.
Оставить комментарий