Телефон: 8-800-350-22-65
WhatsApp: 8-800-350-22-65
Telegram: sibac
Прием заявок круглосуточно
График работы офиса: с 9.00 до 18.00 Нск (5.00 - 14.00 Мск)

Статья опубликована в рамках: CXLVIII Международной научно-практической конференции «Научное сообщество студентов: МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ» (Россия, г. Новосибирск, 08 сентября 2022 г.)

Наука: Экономика

Скачать книгу(-и): Сборник статей конференции

Библиографическое описание:
Sotvoldiyev N.N., Olimova N.X. BANK RESURSLARINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI // Научное сообщество студентов: МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: сб. ст. по мат. CXLVIII междунар. студ. науч.-практ. конф. № 17(148). URL: https://sibac.info/archive/meghdis/17(148).pdf (дата обращения: 29.11.2024)
Проголосовать за статью
Конференция завершена
Эта статья набрала 0 голосов
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

BANK RESURSLARINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI

Sotvoldiyev Nurmuhammad Nematjonovich

Magistrant, O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasi,

O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh.

Olimova Nodira Xamrakulovna

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Farg`ona davlat universiteti,

O`zbekiston Respublikasi, Farg`ona sh.

ПРОБЛЕМЫ УВЕЛИЧЕНИЯ БАНКОВСКИХ РЕСУРСОВ И ПУТИ ИХ УСТРАНЕНИЯ

 

Сотволдиев Нурмухаммад Нематжонович

магистрант, Академия Банковского дела и финансов Республики Узбекистан,

Республика Узбекистан, г. Ташкент

Олимова Нодира Хамракуловна

канд. экон. наук, доц., Ферганский государственный университет,

Республика Узбекистан, г. Фергана

 

АННОТАЦИЯ

Mazkur maqolada mablagʻlarni banklarga jalb etishning tashkiliy va huquqiy asoslari yoritilgan, muammolar yechimini topish yo`llari aniqlangan, bank depozit faoliyatining hozirgi holatini tahlil etilgan hamda omonat tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan.

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещаются организационно-правовые основы привлечения денежных средств в банки, выявляются пути решения проблем, анализируется современное состояние банковской депозитной деятельности, вносятся предложения по совершенствованию банковской депозитной системы.

 

Tayanch so`zlar: jamgʻarma, omonat, foiz stavkalari, raqamli bank, daromad, depozit.

Ключевые слова: накопления, сбережения, процентные ставки, цифровой банкинг, доход, депозит.

 

Bugungi kunga kelib, banklar har qanday iqtisodiyotning muhim boʻgʻini hisoblanib, ular tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlari hajmi ham ortib bormoqda. Agar 1990-yil boshida banklar tomonidan mijozlarga koʻrsatilgan anʻanaviy va yangi bank xizmatlari hajmi 70 ga yaqin boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib, ushbu miqdor 400 dan oshadi [1]. Tijorat banklarning yuqorida qayd etilgan koʻrsatkichga erishishida, tabiiyki, ular tasarrufidagi moliyaviy resurslar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Shuni ham taʻkidlab otish lozimki, banklar moliyaviy resurslarining asosiy qismini jalb etilgan mablagʻlar tashkil etadgani holda ular bank samarali faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bankning oʻz mablagʻlari, asosan, bankni tashkil etish va uni rivojlantirish bilan bogliq vazifani bajarsa, jalb qilingan mablagʻlar esa bankning barqaror daromad olish manbaasini taʻminlab turadi. Jahon mamlakatlari banklaridan farqli ravishda mamlakatimiz banklarida aholi va xoʻjalik subyektlaridan mablagʻlar jalb qilish borasida bir qator muammolar mavjud hisoblanadi. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni koʻrib oʻtamiz:

Birinchidan, Respublikamiz banklari jami depozit bazasi standart darajada meʻyoriy emas.Agarda tahlil qilinadigan boʻlsa, mamlakatimiz tijorat banklari umumiy depozit bazasida tranzaksion (talab qilib olinguncha) depozit va jamgʻarmalar salmogi 2019-yil yakuni boʻyicha 57,18 foizni tashkil etdi [10, 41]. Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun tijorat banklari tomonidan boʻsh mablagʻlarni jalb qilish uchun taklif etilayotgan muddatli depozitlarga va aholining muddatli omonatlariga tolanadigan foiz stavkalarini oshirish yoli bilan banklar umumiy depozit bazasida ijobiy oʻzgartirish qilishga erishish mumkin.

Ikkinchidan, mamlakatimiz tijorat banklarida aholi va xoʻjalik subyektlardan boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilishda hali ham qogoz hujjatlar rasmiylashtirilishining juda koʻpligi. Bunday vaziyatda mamlakatimiz banklari amaliyotiga onlayn depozit turini rivojlantirish ijobiy natija berishi mumkin. Chunki onlayn depozitlar bilan ishlash davomida mijoz deyarli hech qanday qogoz hujjatlariga duch kelmaydi va chekiladigan imzo oʻrniga oʻzining maxsus elektron raqamli imzosi yoki maxfiy kod ornatish orqali omonatni rasmiylashtirishi mumkin.

Uchinchidan,  mamlakat aholisining omonatlari bilan yaxshi tanishtirilmaganligi, ya’ni banklar tomonidan taklif etilayotgan omonat turlari boʻyicha yetarli darajada targʻibot (reklama) ishlarining olib borilmayotganligi. Ammo shuni ham taʻkidlab oʻtish kerakki mamlakatimiz banklarida aholini bank kreditlari bilan tanishtirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida aholining uylariga borib bank xizmatlarini taklif etish amaliyoti davom etayotgan bir paytda, bank omonatlarining shartlari va qulaylik imkoniyatlari mavjud boʻlgan tarqatma materiallarni aholiga yetkazish muammoni hal qilishda biroz boʻlsada yordam berishi mumkin.

Toʻrtinchidan, banklarda yirik resurslar manbai hisoblanuvchi yuridik shaxslarning depozitlarini jalb qilish amaliyotida Markaziy bank majburiy zahira talabnomalarining yuqoriligi. Markaziy bankning majburiy zahira stavkalari xorijiy mamlakatlarda sezilarli darajada past boʻlib, ular tijorat banklarining kredit emissiyasiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltirmaydi. Masalan, majburiy zahira stavkalari darajasi xorijiy davlatlarda quyidagicha: Yevrozona banklarida - 2 foiz; Rossiyada Federatsiyasi banklarida – 2,5 foiz; Qozog`istonda - 1,5 % [12].

Beshinchidan, yuqoridagi muammolardan tashqari mamlakat aholisining banklarda oʻz boʻsh mablagʻlarini joylashtirishiga xalal beruvchi bir qator sabablar mavjud boʻlib, ularga misol sifatida quyidagilarni taʻkidlashimiz mumkin:

  • alohida zarur boʻlgan pul mablagʻlariga nisbatan eytiyoj paydo boʻlganda bankdagi omonatlardan foydalanish imkoniyatining chegaralanganligi;
  • xorijiy valutadagi mablagʻlarni bankka omonat sifatida joylashtirgandan koʻra, undan boshqa yollar orqali foyda olish imkoniyatining mavjudligi;
  • omonatlar boʻyicha belgilanadigan foiz stavkalarining ushbu jarayonga qiziqtiruvchi va ragʻbatlantiruvchi taʻsir kuchining pastligi;

Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda mamlakatimiz banklarida hali ishga solinmagan imkoniyatlar mavjudki, ularni amaliyotga kiritish asta- sekinlik bilan ushbu yoʻnalishda ijobiy oʻzgarishlarga erishishga sabab boʻlishi mumkin.   Chunki,   bugungi   kunda   Oʻzbekistonda   mobil   toʻlovlar   va “mobil banking”  singari  xizmatlar  tobora  ommalashib  bormoqda.  Misol  uchun “Stolik” nomli ommabop ilova yordamida mobil toʻlovlarni depozitlar orqali amalga oshirish imkoni mavjud. Banklar ixtiyoridagi mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari potensiali orqali ushbu mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish, albatta, kelajakda oʻz ijobiy samarasini beradi.

Yuqoridagi imkoniyatlardan tashqari, tijorat banklar va uyali aloqa operator kompaniyalari ortasida aholi boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish borasidagi hamkorlikni kuchaytirish ham hali yetarli darajada rivojlantirilmagan imkoniyatlardan biri sanaladi. Bunda, banklarning uyali aloqa operatorlari bilan hamkorlik yoʻnalishi bank xizmatlari, omonat va kredit turlari boʻyicha maʻlumotlarni uyali aloqa kompaniyalari mijozlariga SMS tarzida yuborishni rivojlantirishga qaratilishi lozim. Chunki, Oʻzbekistonda mobil aloqa bilan qamrab olinish darajasi 62,28 foizga teng [2], 9 boʻlgan sharoitda mobil operatorlarning mahalliy banklar bilan istiqboʻlli hamkorlik ornatishi uchun salohiyati yetarli darajada.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, banklar tomonidan aholi va xoʻjalik  subyektlarining boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha mavjud muammolarni bartaraf etishda birinchi navbatda, bank marketingi orqali targibot ishlarini olib borish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi soʻnggi yutuqlarni banklarning moliyaviy resurs jalb qilish amaliyotiga tatbiq etishni rivojlantirish orqali hal etish mumkin.

 

Adabiyotlar ro'yxati:

  1. Mishkin F.S. “The Economics of Money, Banking and Financial Markets 7 th edition”. “Columbia University Press”. 2004. – page 229
  2. 2. Muxtorova D. “Banklar va mobil operatorlar hamkorligining yangi bosqichi”. Bank axborotnomasi N24. 15.06.2017. - 9-bet
  3. Эргашев, А. Х., Зайлобитдинов, Д. Н., & Зайлобитдинова, Х. Х. К. (2022). Проблемы взаимосвязи банковской системы и механизма финансирования инвестиционной деятельности. CETERIS PARIBUS, (4), 47-50.
  4. Йулдашева, Г. И., & Тешабаева, О. Н. (2020). Развитие цифровой экономики Республики Узбекистан. Universum: экономика и юриспруденция, (7 (72)), 4-6.
  5. Сотволдиев, Н. Н. (2022). Анализ факторов, влияющих на финансовую устойчивость коммерческих банков. CETERIS PARIBUS, (4), 43-46.
  6. Хазраткулов, С. С., Бозоров, Б. Д. У., & Собиржонов, И. И. У. (2022). Современные направления формирования бюджетной политики. CETERIS PARIBUS, (2), 44-47.
  7. Олимова, Н. Х., Суфиев, Р. А., & Гуломова, И. Р. (2022). Управление бюджетными рисками как приоритетное направление ведения фискальной политики. CETERIS PARIBUS, (2), 35-38.
  8. Олимова, Н. Х., & Сотволдиев, Н. Н. (2021). Денежно-кредитная политика государства в обеспечении пропорционального развития реального и финансового секторов экономики. Cognitio rerum, (7), 35-39.
  9. Akhunova, O. E., & Olimova, N. X. (2019). Financial market development trends in Uzbekistan. In LIХ МЕЖДУНАРОДНЫЕ НАУЧНЫЕ ЧТЕНИЯ (ПАМЯТИ МВ КЕЛДЫША) (pp. 55-58).
  10. “Ahbor-reyting” agentligining 2019-yil yakunlari bo’yicha hisoboti. - 41-bet.
  11. http://www.ecb.eu va http://cbr.ru saytlaridagi maʻlumotlar
Проголосовать за статью
Конференция завершена
Эта статья набрала 0 голосов
Дипломы участников
У данной статьи нет
дипломов

Оставить комментарий

Форма обратной связи о взаимодействии с сайтом
CAPTCHA
Этот вопрос задается для того, чтобы выяснить, являетесь ли Вы человеком или представляете из себя автоматическую спам-рассылку.