Статья опубликована в рамках: CXLVIII Международной научно-практической конференции «Научное сообщество студентов: МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ» (Россия, г. Новосибирск, 08 сентября 2022 г.)
Наука: Экономика
Скачать книгу(-и): Сборник статей конференции
дипломов
FARG’ONA VILOYATI SANOAT TARMOG’INING RIVOJLANISHI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI IQTISODIY BAHOLASH
ПРОМЫШЛЕННАЯ ОТРАСЛЬ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ И ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ЕЕ РАЗВИТИЕ
Усмоналиев Илхомжон Икромжон угли
магистрант, Ферганский государственный университет,
Республика Узбекистан, г. Фергана
Джурабоева Диёра Музаффар кизи
студент, Ферганский государственный университет,
Республика Узбекистан, г. Фергана
Олимова Нодира Хамракуловна
канд. экон. наук, доц., Ферганский государственный университет,
Республика Узбекистан, г. Фергана
АННОТАЦИЯ
Mazkur maqolada sanoat tarmog`ini rivojlantirish jamiyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy farovonlikni oshirishning kafolati ekanligi, shuning uchun ham bu sohani har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish zarurligi masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar berilgan.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается вопросы развития промышленного сектора, являющееся залогом стабилизации общества и повышения экономического благосостояния страны.
Tayanch so`zlar: sanoat, rivojlanish, jamiyat, barqarorlik, biznes.
Ключевые слова: промышленность, развитие, общество, устойчивость, бизнес.
Bugungi kunda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Yirik sanoat korxonalar bir emas, bir nechta juda muhim iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal qiladi. Odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlaydi. Eng asosiysi, bugungi yutug‘imiz – sanoatda yuqori texnologiyalarni amalda ishlata oladigan zamonaviy milliy kadrlarning yangi avlodi yetishib chiqyapti” [4], deb alohida ta’kidlab o’tgandilar.
Bugungi kunda ko’plab rivojlangan mamlakatlarning asosiy siyosatlarini eng muhimlaridan biri monopoliyaga qarshi kurashish hisoblanadi. Shuning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining qo’llab-quvvatlashining asosiy negizi ham shundan iboratdir. Zero, monoploiya bu ishlab chiqarish jarayonida maxsulotning sifatiga, miqdoriy jihatdan o’sishiga innovatsion faoliyatning rag’batlantirilishiga g’ov bo’luvchi ulkan to’siqlardan biri hisoblanadi.Shuning uchun kichik biznes sohasini qo’llab-quvvatlash bizning mamlakatimizning dolzarb maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Farg‘ona viloyati aholi soni eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Viloyat sanoati tarkibi oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, neftni qayta ishlash boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish kabi faoliyat turlaridan tashkil topgan hamda viloyat sanoati yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari chiqarishga ixtisoslashgan. Viloyat xizmatlar sohasi tarkibida transport, savdo, moliyaviy, aloqa va axborotlashtirish, ta’lim sohasidagi xizmatlarining ahamiyati yuqori hamda xizmatlar sohasi bo‘yicha savdo, moliyaviy va transport xizmatlari kabi xizmat turlariga ixtisoslashgan.
Viloyatning asosiy “drayver soha”lari sifatida sanoatda, yengil sanoat, qurilish materiallari (qurilish klasteri) ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash kabi yonalishlar tashkil etadi.Yuqoridagi jadvaldan ko’rishimiz mumkinki sanoat mahsuloari so’ngi 5 yilda sezilarli ravishda ortdi. Birgina 2017 yilning o’zida 9.7 trln s’mlik mahsulot yaratilgan bolsa 2021 yilga kelib esa bu ko’rsatkich 27.8 trln dan oshdi. Bu esa qariyb 2.5 barobardan oshiqroq o’sish degani. So’ngi ikki yil oladigan bo’lsak 2020 yilga nisbatan 2021 yilda 12.8 % ga ko’proq sanoat mahsulotlari yaratilgan.
Yuqoridagi sohalardan tashqari viloyatimizda quyidagi sohalar ham iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib kelmoqda sanoat zonalarini (kichik sanoat) tashkil qilish, xalq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaliklari (jumladan, aholi xonadonlarida)ni tashkil qilish, xizmat ko‘rsatish sohasida turizm (ichki turizim, eko turizm, hunarmandchilik), xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, mahallalarda 20 turdagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil qilish shuningdek, shahar va tumanlarda infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy parametrlari belgilab olindi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2017-2020 yillar mobaynida jami 1967 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib ularga 11,9 trln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi. Bugungi kundagi muhim ishlardan biri investitsiyalarni jalb etish boyicha viloyatdagi kichik biznes qatlamiga yo’naltirish ko’rsatkichi jami investitsiyalarning 54.8%ni qayd etmoqda. Viloyatimizdagi kichik biznes sub`yektlarini tarmoqlaridagi ulushlariga qaraydigan bo’lsak sanoatda-35.1%, qurilishda-93.8%, ximatlar ko’rsatishda esa 73.5%ni tashkil etmoqda.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga, Qo‘qon shahrida (1218,0 ming.so‘m) hamda Toshloq tumanida (1589,1 ming.so‘m),Quvasoy shahrida (956,1 ming so‘m), Farg‘ona shahrida (942,8 ming so‘m). Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub`yektlari tomonidan 707,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 38,1 %ni tashkil etdi. Hududlar kesimida viloyatdagi Beshariq, So‘x, Furqat, Yozyovon tumanlari sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 100% kichik tadbirkorlik sub`yektlari hisobiga tashkil etilgan. Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Uchko‘prik tumani (87,1%), Bag‘dod numani (76,8%), Buvayda tumani 74,1%), Dang‘ara tumani (55,8%), Rishton tumani (46,1%) tashkil etgan holda eng past ulushli hududlar Toshloq tumani (12,3%), Farg‘ona tumani (13,8%), Quvasoy shahri (24,4%) sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes sub`yektlari ulushining kamligini, mazkur hudularda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.
Respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mazkur dastur doirasida kiritilgan 135 ta loyiha bo‘yicha 1511,2 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 11,3 mln. AQSH dollari miqdorida eksport qilindi [5].
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 1287 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda yangi tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 275,0 %ga oshgan. Shu bilan birga, 2020 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti hajmining o‘sganligi kuzatildi. Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki viloyatimizda mahalliylashtirish dasturlari doirasida sanoat korxonalari jadal rivojlanishga erishmoqdalar. Hozirda Farg‘ona viloyatida 10390 ta sanoat korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib ulardan 9983 faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1413 tasi (faoliyat ko‘satayotgan korxonalar umumiy sonining 14,2 %) Qo‘qon shahriga, 1124 tasi (11,3%) Farg‘ona shahriga, 1023 tasi (10,3 %) Marg‘ilon shahriga, 673 tasi (6,7%) Uchko‘prik tumaniga, 583 tasi (5,8 %) O‘zbekiston tumaniga, 582 tasi (5,8 %) Buvayda tumaniga to‘gri kelmoqda. Viloyatimizda 2020 yilda 1186 ta yangi korxonalar va jami 9107tani tashkil etilgan bolsa bu ko’rsatkich 2021 yilda 2111ta yangi tashkil etilgan va jami 9983 ta jami sanoat korxonasiga yetdi.
Adabiyotlar ro'yxati:
- Олимова, Н. Х. (2021). Состояние внешнеэкономических связей промышленных предприятий страны и пути повышения их экспортного потенциала (на примере ООО" LOS GIGANTES TEXTILES"). Архивариус, 7(2 (56)), 46-49.
- Олимова, Н. Х., & Ахунова, О. Э. (2019). Научно-теоретические аспекты организации торговли текстилем. In Тенденции развития мировой торговли в XXI веке (pp. 66-69).
- Олимова, Н. Х. (2021). Анализ развития и факторов конкурентоспособности промышленных предприятий региона. Cognitio rerum, (7), 32-35.
- Олимова, Н. Х., & Эргашев, А. Х. (2017). Особенности оценки инвестиционной привлекательности реального сектора экономики. www. issledo. ru Редакционная коллегия, 120.
- https://yuz.uz/uz/news/shavkat-mirziyoev-sanoatda-zamonaviy-milliy-kadrlarning-yangi-avlodi-etishib-chiqyapti?view=bunyodkorlik-loyihalari-taqdimot-qilindi
- https://farstat.uz/uz/rasmiy-statistika/industry-2.html
дипломов
Оставить комментарий